Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

19 Dekabr 2020

Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati my.gov.uz portali orqali amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyildi

Vazirlar Mahkamasining Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida 2024-yil 28-oktabrdagi 708-son qaroriga muvofiq, joriy yilning 19-dekabridan boshlab sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda - YIDXP) (my.gov.uz) orqali amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyildi.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun toʻlovga qobiliyatsizlik alomatiga ega boʻlgan korxona rahbari yoki uning nomidan ariza berish huquqiga ega boʻlgan shaxs:

  • Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etishi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish (xizmatdan foydalanish havolasi) uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi;
  • Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi murojaat qiluvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda soʻrovnomani elektron shaklda toʻldirishi va Qaror bilan tasdiqlangan tartibda nazarda tutilgan hujjatlarni soʻrovnomaga ilova qiladi.

Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish Davaktiv agentligining qarori asosida 12 oydan 24 oy muddatgacha joriy etiladi.

Davaktiv agentligi qarori QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda rasmiylashtiriladi hamda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki korxona rahbariga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboriladi.

Sanatsiya davrida korxonaga xizmat koʻrsatuvchi bankda sanatsiya hisobvaragʻi ochiladi va mazkur hisob raqamga inkasso qoʻyilmaydi.

Alohida taʼkidlash joizki, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan mazkur Tartib tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy qiyinchiliklar holatida kreditorlar oldidagi toʻlovlar muddatini kechiktirib turish hamda tashqi va ichki manbalardan mablagʻ jalb etish orqali toʻlov qobiliyatlarini tiklashga xizmat qiladi.

Ushbu davlat xizmatidan foydalanish uchun my.gov.uz portalidan Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko'rsatgan holda o'tkazish xizmatini tanlab soʻrovnomani toʻldirish mumkin. Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

1223 Chop etish