Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan, “Surxondaryo don mahsulotlari” AJ ustav kapitalidagi 88,5 foiz davlat aksiya paketi jamiyat aksiyadorlariga sotish uchun taklif etilishini maʼlum qilamiz.
- Aksiyalar soni — 1 573 249 dona (oddiy aksiya);
- Bir dona aksiyaning nominal qiymati — 1000 so‘m;
- Davlat aksiyalar paketining boshlangʻich narxi — 59 622 658 412 soʻm;
- Lotlar soni — 1 ta.
Savdo shartlari sifatida quyidagilar belgilangan:
- kamida besh yil davomida don korxonasining asosiy faoliyat turini saqlab qolish;
- mavjud don saqlash sigʻimlarini kamaytirmaslik;
- qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʻlash evaziga saqlab berish.
Ushbu aksiya paketini sotib olish istagida bo‘lgan talabgorlar (jamiyat aksiyadorlari) o‘z takliflarini 2024-yil 16-oktabrga qadar Agrar sohada xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni tugatish bo‘yicha loyiha ofisiga taqdim etishlari so‘raladi.
Bunda aktivni sotib olish bo‘yicha ikki va undan ortiq talabgorlar tomonidan takliflar taqdim etilgan taqdirda, takliflarni yaxshilash yuzasidan o‘tkazilgan muzokaralar yakuni bo‘yicha eng yuqori narx taklif etgan talabgor savdo g‘olibi deb eʼtirof etiladi.
Takliflar joriy yilning 1-sentyabr holatiga shakllangan aksiyadorlar reyestiriga kiritilgan aksiyadorlar tomonidan quyidagi manzilga taqdim etiladi:
- yozma ravishda: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oltinkoʻl 2-tor koʻchasi, 115-uy.
- elektron shaklda: info@uzdon.uz
Murojaat uchun aloqa raqamlari: +99878-777-25-29, +999878-777-25-25.