Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Mart 2026

Davlat mulkini xususiylashtirish sohasi takomillashtirildi!

Muhim yangilik tadbirkor va investorlar uchun!

Joriy yilning 17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining **“Davlat mulkini xususiylashtirish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”**gi O‘RQ-1122-sonli Qonuni qabul qilindi.

Ushbu Qonun davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada soddalashtirish, shaffoflashtirish va tadbirkorlar uchun qulayroq sharoit yaratishga qaratilgan bo‘lib, 17-mart 2026-yildan kuchga kirdi.

Asosiy yangiliklar va qulayliklar:

  • Davlat yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektlarini elektron auksion orqali sotish tartibi takomillashtirildi;
  • Bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmlari soddalashtirildi — soliqlar sotib olish to‘lovlari grafigiga muvofiq undiriladi;
  • Xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘llari bo‘yida zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualari, servis obyektlari va savdo-ko‘ngilochar markazlarini master-reja asosida joylashtirish imkoniyatlari kengaytirildi;
  • Umuman olganda, xususiylashtirish jarayoni tezroq va qulayroq bo‘ldi.

Qonun matni bilan batafsil tanishish uchun!

13 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech