Davaktiv agentligining joriy yil 4-oktabrdagi "Asakabank" AJ, "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB va AT "Aloqabank"ga tegishli “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi koʻp qavatli biznes markazlarini (keyingi oʻrinlarda – “Biznes markazlar”) xalqaro savdo jarayonining Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichi toʻgʻrisidagi eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.
Davaktiv agentligi talabgorlarni majburiyatga ega boʻlgan tijorat takliflarini puxta tayyorlashda Biznes markazlarni texnik kompleks tahlil qilish uchun qoʻshimcha muddat berish toʻgʻrisidagi murojaatlariga muvofiq, xususiylashtirish boʻyicha konsultant “KPMG” xalqaro kompaniyasining (keyingi oʻrinlarda – Konsultant) tavsiyasiga asosan hamda savdo jarayonlarini raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlarga Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish muddati 2025-yil 15-mart kuni soat 23:59ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.
Shu bilan birga, Konsultant tomonidan raqobat muhitini taʼminlash maqsadida savdo jarayonlariga yanada koʻproq salohiyatli investorlarni jalb qilish ishlari parallel ravishda amalga oshiriladi hamda Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Expression of Interest) yuzasidan arizalarni qabul qilish davom ettiriladi.
Biznes markazlarni xususiylashtirish jarayonining Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichi toʻgʻrisidagi avval chop etilgan eʼlonning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.
Ushbu loyiha doirasida qoʻshimcha maʼlumotlar uchun quyidagi aloqa kanallariga murojaat qiling:
- Saltanat Sandikbayeva, “KPMG” sherigi: SSandykbayeva@kpmg.com, tel:. +99890-099-21-20;
- Shoxrux Oxunov, Davaktiv agentligining Departament boshligʻi: sh.ohunov@davaktiv.uz, tel.: +99871-259-20-23.
Diskleymer
Davaktiv agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini oʻzgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʻlgan Davaktiv agentligi va “KPMG”ning Aktivni sotish bilan bogʻliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi va “KPMG” oʻz xohishiga koʻra har qanday vaqtda va har qanday munosabatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga olmasdan:
(i) arizalar berish muddatiga oʻzgartirish kiritish;
(ii) turli xil manfaatdor tomonlar uchun turli xil tartib-qoidalar boʻyicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi va “KPMG” tomonidan koʻzda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;
(iii) aniq bir sababga koʻra sotish jarayonini toʻxtatish;
(iv) va/yoki istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Savdoga taalluqli boʻlgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni olib borish/tugatish huquqlarini oʻzida saqlab qoladi.