Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

19 Noyabr 2020

18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kuniga bagʻishlangan tadbir

Barchamizga maʼlumki 18-noyabr - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun. Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligida direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi F.Turayev boshchiligida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi“ shiori ostida maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

F.Turayev taʼkidlaganidek, Bayrogʻimiz oʻzida butun Oʻzbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, gʻayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondoʻstlikni mujassam etgan. Milliy bayrogʻimizning davlat idora va muassasalari, oʻquv yurtlari, Oʻzbekiston aʼzo boʻlgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi, turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-maʼrifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning shaʼni, xalqimizning gʻururini yorqin aks ettirishi barchamizga iftixor baxsh etadi.

Shuningdek, tadbirda davlat bayrogʻining mazmun-mohiyati haqida keng maʼlumot berish maqsdida, shoira, yozuvchi, dramaturg va tarjimon, Falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosiShahlo Ahrorova ishtirok etdi. Oʻz maʼruzasida, Sh.Axrorova Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Qonunining 2023-yilning 7-iyulida Prezident tomonidan imzolanganinin eslatib oʻtdi. Mazkur Qonun bilan davlat bayrogʻidan foydalanilishi mumkin boʻlgan holatlar kengaytirilganligini, shuningdek, Qonun bilan bayroqqa nisbatan hurmatsizlik qilish holatlari aniq belgilanligini taʼkidladi.

Tadbir davomida Davaktiv agentligi xodimlari oʻzining qiziqtirgan savollari bilan qizgʻin ishtirok etib, savollarga aniq misollar orqali javoblar olindi.

1146 Chop etish