Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “Boshtransloyiha” AJ (keyingi oʻrinlarda – “Emitent”) ustav kapitalidagi 80,26 foiz davlat ulushini (keyingi oʻrinlarda – “Aksiya paketi”) xususiylashtirish belgilangan.
Shunga koʻra, xususiylashtirish jarayonlari “Toshkent” Respublika fond birjasining MQQMP Nego savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda – “Savdo platformasi”)da sotuvchining investitsiya vositachisi orqali amalga oshiriladi.
Aktiv toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:
“Boshtransloyiha” AJ – asosiy faoliyati — temir yoʻllarni loyihalashtirish va tegishli infratuzilmani bosh instituti hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan binolar, inshootlar va muhandislik-texnik tadqiqotlar oʻtkazish va turar joy-fuqarolik hamda ishlab chiqarish maqsadlariga moʻljallangan boshqa obyektlarni qurish uchun loyihalash-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun berilgan bosh litsenziyaga ega.
- Korxonaning yuridik manzili – Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus koʻchasi, 23-uy;
- STIR – 201052150;
- Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarning emitent ustav fondidagi foizi – 80,26 foiz;
- Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni – 3 574 032 dona (oddiy) aksiya;
- Bir dona aksiyaning nominal qiymati – 1 000 (bir ming) soʻm;
- Bir dona aksiyaning savdoga qoʻyishdagi boshlangʻich narxi – 36 866,36 (oʻttiz olti ming sakkiz yuz oltmish olti) soʻm 36 tiyin;
- Aktivning boshlangʻich narxi – 131 761 567 000,0 (bir yuz oʻttiz bir milliard yetti yuz oltmish bir million besh yuz oltmish yetti ming) soʻm;
- Emitentning ustav fondi miqdori – 4 453 008 000,0 (toʻrt milliard toʻrt yuz ellik uch million sakkiz ming) soʻm;
- Savdo tashkilotchisi – “Toshkent RFB” AJ;
- Lotlar soni – 1 (bir) ta;
Emitent haqidagi barcha maʼlumotlar, jumladan moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan emitentning rasmiy veb sahifasi www.boshtrans.uz hamda korporativ axborot yagona portali www.openinfo.uz sahifasi orqali tanishish mumkin.
Bitimni amalga oshirish jarayoni:
Savdolar “Toshkent” RFBning maxsus platformasi, SPPZ NEGO- maydonchasida 15.09.2024 yildan boshlanadi (Toshkent RFB savdolaridagi havola).
Birja bitimi eng yuqori taklifni taqdim etgan talabgor bilan birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu savdo jarayonlariga barcha talabgorlarni ishtirok etishga chorlab qolamiz!
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahri hududiy boshqarmasiga (+99871-207-02 40) murojaat qilishingiz mumkin.
Diskleymer
Talabgorlar davlat aksiyalarining sotuvchisi yoki sotuvchining investitsiya vositachisi hamda emitentdan davlat aksiyalarini sotib olish uchun oʻzi qaror qabul qilishi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha axborotni soʻrash va olishga haqlidir, oʻzining xususiyatiga koʻra xizmat yoki tijorat siri hisoblangan axborot bundan mustasno.