Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 May 2025

Qoraqalpogʻiston Respublikasi tadbirkorlari va ishbilarmonlari diqqatiga!

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yilning 12-may (dushanba) kuni soat 10:00 da Nukus shahri, Qoraqalpogʻiston koʻchasi, 23-uyda joylashgan "Yoshlar markazi" binosida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari toʻgʻrisida tadbirkorlar va investorlar uchun "Roadshow" taqdimoti oʻtkaziladi.


Taqdimotda faol qatnashing va davlat aktivlarini sotib olish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!

236 Chop etish