Joriy yil 31-mart kuni Davaktiv agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining hududiy boshqarmasi, "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJ Qorqalpog‘iston Respublikasi vakili va tegishli mas’ul tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida savdodagi davlat aktivlari, yer uchastkalari, xususiylashtirish va yaratilgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida "Roadshow" targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli farmonining mazmuni-mohiyati, berilgan imtiyozlar, shuningdek, xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, sotuvdagi yer uchastkalari to‘g‘risida mas’ullar tomonidan batafsil ma’lumot berildi.
Xususiylashtirish jarayonini jadallashtirishda, hokim yordamchilari, Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi takidlab o‘tildi.

