Joriy yilning 5-fevral sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi binosida Davlat aktivlari boshqarmasi va bir qancha tashkilotlar tomonidan «Davlat xususiy sherikchilik» asosida press-tur tashkil etildi.
Mazkur press-turda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining mas’ul xodimlari, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat aktivlari boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari hamda bir qator mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi. Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad, Madaniyat va Sport vazirligining tuman va shaharlardagi qisman yoki toʻliq foydalanilmay boʻsh turgan bino inshootlarini DXSh (davlat xususiy sherikchilik) asosida tadbirkorlarga roadshow orqali imtiyozlar va binolardan samarali foydalanish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, ushbu tadbirda boshqarma xodimlari oʻzlari tayyorlab kelgan materiallari bilan ishtirokchilarga taqdim qildi.
E-auksion.uz elektron savdo platformasidagi savdoda turgan obyektler haqida ma’lumot berildi. Hamda davlat aktivlarini sotib olish, ularni ijaraga olish boʻyicha, yer uchastkalarini sotib olish va beriladigan imtiyozlar haqida keng ma’lumot berib oʻtildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib, takliflar inobatga olindi.