Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 May 2025

Ibroyim Yusupovning tug‘ilganiga 96 yil to‘ldi

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov 1929-yil 5-mayda Chimboy tumanida tug‘ilgan.

Shoirning "Baxt lirikasi," "Sharq yo‘lovchisiga," "Uylar," "Yetti asrim," "Dala armonlari," "Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar," "To‘maris va boshqa poemalari," "Yosh," "Tashvishli dunyo bu," "Tuzli shamollar," "Ko‘ngildagi keng dunyo," "Begligingni buzma sen...," "Har kimning o‘z zamoni bor" nomli she’riy kitoblari va "Tanlangan asarlar" to‘plamlari nashr etilgan.

Ibroyim Yusupov "El-yurt hurmati," "Do‘stlik" ordenlari bilan ham taqdirlangan.

Uning she’rlari qozoq, ukrain, belarus, gruzin, latish, bolgar va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan. Shoir 2008-yil 24-iyulda vafot etgan.

2 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech