Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Mart 2025

Fuqarolar va tadbirkorlikka qiziquvchilar bilan uchrashuv tashkillashtirildi

Joriy yilning 18 mart kuni  Xo’jayli tumanida  “ROAD SHOW” tadbiri doirasida  fuqarolar va tadbirkorlikka qiziquvchilar bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat aktivlari boshqarmasi tomonidan uchrashuv  tashkillashtirildi.


Uchrashuvdagi asosiy mavzu:

- davlat aktivlarini xususiylashtirish;

 

- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlarini xususiylashtirish; (uy-joy uchun)

 

- obyekt va er maydonlarini ijaraga olish yoki auksion savdolarida qatnashish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvga mahalliy tadbirkorlar, mahalla yetakchilari va birqancha faollar qatnashdi. Tadbirda ishbilarmonlarning shu sohadagi muammolari, shuningdek auksionga qatnashish, yer uchastkalarini sotib olish yoki ijaraga olish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, muammoli masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Davlatimizda olib borilayotgan islohatlar natijasi va Yurtboshchimiz tarafidan aynan Qoraqalpog‘iston uchun chiqarilgan qaror va far berilgan imtiyozlar, yaratilgan keng imkoniyatlardan yurtdoshlarimiz samarali foydalanib kelmoqda.

 

Bu borada keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda desek mubolag’a bo’lmaymiz. Chunki tumandagi yangi ish faoliyatini boshlagan oddiy bir tadbirkor, bir oilani ish bilan ta’minlab, uning daromda manbayiga aylanadi. Albatta mana shunday keng imkoniyatlardan foydalanib kelayotgan yoshlarimiz ko’pchilikni tashkil etadi.

18 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech