O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 apreldagi "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, ko‘chmas mulk obyektlari ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 12 may kuni Nukus shahridagi Yoshlar markazi binosida “ROAD SHOW” tadbiri doirasida fuqarolar va tadbirkorlikka qiziquvchilar bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat aktivlari boshqarmasi tomonidan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvdagi asosiy mavzu:
- davlat aktivlarini xususiylashtirish;
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlarini xususiylashtirish; (uy-joy uchun)
- obyekt va er maydonlarini ijaraga olish yoki auksion savdolarida qatnashish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvga Davaktiv agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Nodir Xusanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Byudjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar, innovatsiya va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Seytnazarov Berdibek hamda Davaktiv agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Maxsud Radjapov va tegishli soha vakillari boshchiligida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlarda N.Xusanov so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda xususiylashtirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keskin islohotlar amalga oshirilib, tadbirkorlar uchun qator yangiliklar va qulayliklar yaratilganini ta’kidladi.
Shuningdek, mahalliy tadbirkorlar, mahalla yetakchilari va birqancha faollar qatnashdi. Tadbirda ishbilarmonlarning shu sohadagi muammolari, shuningdek auksionga qatnashish, yer uchastkalarini sotib olish yoki ijaraga olish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, muammoli masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Davlatimizda olib borilayotgan islohatlar natijasi va Yurtboshchimiz tarafidan aynan Qoraqalpog‘iston uchun chiqarilgan qaror va far berilgan imtiyozlar, yaratilgan keng imkoniyatlardan yurtdoshlarimiz samarali foydalanib kelmoqda.
Bu borada keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda desek mubolag’a bo’lmaymiz. Chunki tumandagi yangi ish faoliyatini boshlagan oddiy bir tadbirkor, bir oilani ish bilan ta’minlab, uning daromda manbayiga aylanadi. Albatta mana shunday keng imkoniyatlardan foydalanib kelayotgan yoshlarimiz ko’pchilikni tashkil etadi.