Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Fevral 2025

Endilikda qishloq xo'jaligi yerlarini sotib olgan g'olib nima ekishni o'zi tanlaydi

Endilikda qishloq xo'jaligi yerlarini sotib olgan g'olib nima ekishni o'zi tanlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.02.2025 yildagi PF-18-son Farmoniga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratishda tajriba-sinovi yo‘lga qo‘yilgan bo'lib, yer uchastkasining boshlang‘ich narxi uning normativ qiymatining 50 foizi miqdorida belgilandi.

Quyidagilarga ruxsat beriladi:
- 20 sotixgacha bo‘lgan qismida xizmat ko‘rsatuvchi obyektlar joylashtirish;
- 49 yilga ijara huquqi asosida foydalanish;
- keyinchalik ijara muddatini uzaytirish;
- istalgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish;
- ekinlarni yetishtirish hamda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish usullarini mustaqil ravishda belgilash;
- paxta va g‘alla ekinlarini faqat o‘zi ma’qul deb hisoblagan taqdirdagina yetishtirishi mumkin.

Yer egasiga beriladigan imkoniyatlar:
- boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish);
- yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish;
- ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo‘yish;
- garov shartiga muvofiq boshqa shaxslarga erkin sotishi uchun garovga oluvchiga vakolat berish;
- kafolatlangan hajmda suv olish;
- majburiyat bajarilmagan hollarda yetkazilgan zararlarni talab qilib olish.

Yangi tartib asosida yer uchastkalarini sotib olish uchun onlayn-auksion savdolarida ishtirok eting. Barcha yerlarni ko'rish uchun e-auksion.uz saytiga tashrif buyuring!

 

0 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech