Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Aprel 2025

9-Aprel Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

9-Aprel Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

Temur Tarag‘ay ibn Barlos 1336-yil 9-aprelda uncha katta bo‘lmagan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan. Temur nomi turkiy tildan "temir" deb tarjima qilinib, bu ko'p jihatdan uning irodali fe’l-atvori va kelajakdagi taqdiriga ta’sir ko‘rsatgan. Jangda olgan oyog‘idagi jarohatlarga qaramay, u juda kuchli qudratga ega edi va oxirgi kunlarga qadar barcha yurish va janglarda shaxsan ishtirok etdi.

Buyuk sarkarda va davlat arbobi bizga adabiy asarlar va davlat boshqaruvi tuzuklaridan tortib, jahon tarixiga kirgan noyob arxitektura va qadimiy me’morchilik durdonalarigacha bo‘lgan ulkan merosni qoldirdi. U yashab, mehnat qildi, yerlarni zabt etdi va o‘z tarixini - buyuk insonning tarixini yaratdi.

2 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech