Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Fevral 2023

Baholovchining malaka sertifikati va oliy toifasini amal qilishi tugatildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 16-fevraldagi buyrugʻiga hamda baholovchi Botir Tulkunovich Karimovning 2023-yil 6-fevraldagi arizasiga asosan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublikasi oliy maktabi tomonidan 2019-yil 8-yanvarda 027-raqam bilan Botir Tulkunovich Karimov nomiga berilgan baholovchining malaka sertifikati va oliy toifasini amal qilishi tugatildi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi “Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish mexanizmini tasdiqlash haqida”gi 161-sonli qarori bilan tashkil etilgan Sud organlari soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining tarkibidan ekspert – baholovchi Botir Tulkunovich Karimov chiqarildi.

3572 Chop etish